tg-me.com/cisco_server/3430
Last Update:
‼️ Telegram akkaunt o'g'irlanishi va spam tarmoqlarga qo'shilish xavfi ‼️
👀 Ish qidirayotganlarni tuzoqqa tushiruvchi firibgarlar haqida ogohlantiramiz!
🔴 Bu qanday ishlaydi?
1️⃣ Firibgarlar sizga "rezyume to'ldirish" bahonasi bilan bog'lanadi. Ular sizning barcha ma'lumotlaringizni yig'ib, so'ng sizga soxta rezyume saqlangan havolani yuborishadi. Ushbu phishing ilovaga kirgan zahotiyoq sizning Telegram akkauntingiz va shaxsiy ma’lumotlaringiz o‘g‘irlanadi!
2️⃣ O'g'irlangan akkaunt orqali firibgarlar sizning kontaktlaringizga "so‘rovnoma" yuborib, troyan viruslar bilan to‘ldirilgan ilovani yuklab olishga chaqirishadi. Agar ushbu zararli dastur telefoningizga tushsa, bank hisobingiz va barcha pullaringiz bilan xayrlashishingiz mumkin!
⚠️ Xavfsizlik qoidalari:
✅ Hech qachon begona havolalarni bosmang!
✅ Rasmiy Telegram ilovasidan tashqari boshqa dasturlarga kirmang!
✅ Ikki bosqichli autentifikatsiyani yoqing!
📢 Ushbu postni ulashing, yaqinlaringizni ogohlantiring!
@uzbekona_cisco
@cisco_server
BY Cisco and Server

Share with your friend now:
tg-me.com/cisco_server/3430